Tibbiy sug‘urta jamg‘armasi sizning tibbiy sug‘urtangizni tashkil qiladi va tibbiy xarajatlaringizning katta qismini, masalan, shifokorga tashrif buyurish, dori-darmonlar yoki shifoxonada davolanish xarajatlarini qoplaydi. Buning uchun sizga sug‘urtalanganlik kartasi beriladi va uni shifokorga tashrif buyurganingizda ko‘rsatasiz. Germaniyada tibbiy sug‘urta jamg‘armasini o‘zingiz tanlaysiz, biroq tibbiy sug‘urta majburiy sug‘urta hisoblanadi.